Ramos: "Santyago Bernabeu" na Pike va na boshqa futbolchilarga xushtak chalmasligini istardim"

Aslanov Jasurbek
29 avg 2017, 10:33
"Real" himoyachisi Serxio Ramosning fikricha, jamoa ishqibozlari bazi narsalarga munosabatini hech qachon o'zgartirmaydi.

"Santyago Bernabeu"dagi muxlislar norozi bo'lsa, o'z sevimlilari va raqiblarga xushtak chaladi. Xatto superyulduzlar ham bu harakatlardan chetda qolmaydi. So'nggi vaqtda "Real" arenasida Garet Beyl, Karim Benzema hamda Xerard Pikega xushtak chalishmoqda.

"Santyago Bernabeu"da hech narsa o'zgarmaydi. Bu doim sodir bo'lgan va kelajakda ham shunday bo'ladi. "Santyago Bernabeu" senga qo'yilgan talablarga e'tibor berish kerakligini eslatib turadi. Bazida ortiqcha xushyorlik halal bermaydi. Ammo "Santyago Bernabeu"da na Pikega va na boshqalarga xushtak chalmasliklarini istardim. Futbolchilarni doimo hurmat qilish kerak" - deydi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca