Ramos: "Rossiyadagi jahon chempionati men uchun oxirgisi bo'ladi deb o'ylamayman"

Aslanov Jasurbek
1 sen 2017, 18:14
"Real" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos Italiyaga qarshi bo'lib o'tadigan JCH-2018 saralash uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Bu muhim bahs bo'ladi. Italiya safida yaxshi futbolchilar etarlicha. Ammo biz uyda o'ynaymiz va muxlislarning maksimal qo'llab-quvvatlashiga umid qilyapmiz.

Rossiyadagi JCH men uchun so'nggisimi? Bunday bo'lmasa kerak. Bugun bilan yashayman. Asensio? U istiqbolli, xotirjam va mehnatsevar yigit" - deydi Ramos.

Ispaniya - Italiya uchrashuvi 2 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com