Ramos "Real"ga qarshi dastlabki o'yinda qatnashmaydi

Mirjalol Normatov
14 fev 2022
PSJ matbuot xizmati himoyachi Serxio Ramos YCHL 1/8 finali doirasida "Real"ga qarshi dastlabki uchrashuvda ishtirok etmasligini ma'lum qildi.

23 yanvar kunidan buyon jarohati sababli maydonga tushmayotgan Ramos so'nggi kunlar davomida individual mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Futbolchi bir haftadan keyin yana bir bor tibbiy ko'rikdan o'tadi.

PSJning "Real"ga qarshi uchrashuvi 15 fevral kuni bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/PSG_inside