Ramos "Real"ga "Barselona" tarbiyalanuvchisi olib kelinishini istamoqda

Mirjalol Normatov
29 avg 2018
"Real" sardori Serxio Ramos jamoaga "Bavariya" yarim himoyachisi Tyago Alkantara transfer qilinishini istamoqda.

"Football Espana" xabariga ko'ra, Tyago Alkantara jamoadan ketgan Mateo Kovachichning o'rnini bosadi deb hisoblamoqda 32 yoshli himoyachi. Shu boisdan Ramos bu borada jamoa rahbariyatiga murojaat bilan chiqqan.

Oldinroq tomonlar muzokaralar olib borishayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana