Ramos "Real" tarixida birinchi

Tolibjon Qosimov
16 avg 2018, 03:17
Biroz oldin UEFA Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tdi.

Unda Madridning "Atletiko" klubi hamshaharlari "Real"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvda "Real"ning ikkinchi golini 63-daqiqada jamoa sardori Serxio Ramos penaltidan kiritdi. Shu tariqa, Ramos UEFA Superkubogi uchun ikkita turli o'yinda gol urgan "Real"ning birinchi o'yinchisiga aylandi.



Eslatib o'tamiz, Ramos Yevropa Superkubogi uchun 2016 yilgi "Sevilya"ga qarshi bahsda ham gol urgan. O'shanda Serxio 90+3 daqiqada hisobni 2:2 ko'rinishga keltirgan, keyinchalik ekstra taymlarda Karvaxal kiritgan gol madridliklarga kubokni taqdim etgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/ChampionsLeague