Ramos "Real" taklifini qabul qilmadi va boshqa klubga ketishini ma'lum qildi

Tolibjon Qosimov
10 fev 2021, 14:02
"Real" markaziy himoyachisi va sardori Serxio Ramos klubning shartnomani uzaytirish borasidagi ikkinchi taklifini ham rad etdi.

Bu haqda "El Mundo Deportivo" nashri xabar berdi. "Qaymoqranglilar" Serxioga maoshi 10 foizga kamaygan holatdagi 2 yillik shartnoma taklif qilishdi. Lekin, uni ushbu taklif qoniqtirmadi.

"Real" uchinchi urinishni amalga oshirmaydi. o'yinchining o'zi esa rahbariyatga faoliyatini boshqa klubda davom ettirishini ma'lum qilgan. Bu katta ehtimol bilan Fransiyaning PSJ jamoasi bo'lishi mumkin.


Ramosning agenti MYU vakillari bilan uchrashadi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: El Mundo Deportivo