Ramosning agenti MYU vakillari bilan uchrashadi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2021, 20:18
Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramosning agenti kelasi hafta "Manchester Yunayted" rasmiylari bilan uchrashib, futbolchining shartnomasini muhokama qiladi, deya xabar tarqatdi "Todofichajes.com".

34 yoshli ispaniyalik futbolchi iyun oyida erkin agentga aylanadi. Takidlanishicha, "qizil iblislar" rahbariyati Ramosga haftasiga 200 ming funt sterling to'lashga tayyor. Ispaniya terma jamoasi sardorining xizmatlariga "Pari Sen-Jermen" ham qiziqish bildirmoqda. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Todofichajes.com