Ramos "Real" bilan yangi shartnoma bo'yicha 12 million evro maosh olishni xohlamoqda

Alisher
4 may 2021, 09:27
"Real" himoyachisi Serxio Ramos Madrid klubi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.

35 yoshli ispaniyalik futbolchi yangi kelishuv bo'yicha bo'yicha 12 million evro olmoqchi.

"Real" bu mablag'ni yoshroq bo'lgan o'yinchiga yo'naltirmoqchi - "Bavariya" himoyachisi David Alaba.

Tomonlar shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan, rasmiy xabar joriy mavsum so'nggida e'lon qilinadi. Ramos esa katta ehtimol bilan yozda Madriddan ketadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo