Ramos Parijga uchib keldi. U bugun PSJ uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va so'ngra 2 yillik shartnomaga imzo chekadi

Alisher
7 iyul 2021, 16:53
Himoyachi Serxio Ramos tez orada PSJ o'yinchisiga aylanadi.

35 yoshli futbolchi Parijga uchib keldi. Bu haqda RMC Sport jurnalisti Muhammad Buxafsi xabar bermoqda.

Ispan o'yinchisining bugun tibbiy ko'rikdan o'tishi rejalashtirilgan, u so'ngra PSJ bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.

Eslatib o'tamiz, Ramos PSJga erkin agent maqomida o'tadi. Uning "Real" bilan shartnomasi 30 iyunda yakunlandi, futbolchi "qirollik klubi" tarkibida 16 yil to'p tepdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/mohamedbouhafsi