Ramos Parijdan uy qidirmoqda

Sherzod Nurmatov
26 iyun 2021, 22:22
"Real" bilan shartnomasi tugagandan so'ng jamoani tark etishini e'lon qilgan himoyachi Serxio Ramos Fransiya poytaxti Parijdan uy izlayapti.

Oldinroq ispaniyalik futbolchi "Pari Sen-Jermen" bilan shartnoma imzolashi mumkinligi ma'lum bo'lgan edi.

Ramosning sobiq jamoadoshlari - darvozabon Keylor Navas va yarim himoyachi Anxel Di Mariya, shuningdek, bir nechta ispaniyaliklar PSJ sharafini himoya qilishadi. 

Shu o'rinda alohida aytish kerak, Serxioga klub murabbiyi Maurisio Pochettinoning ispan tilida gaplashishi yoqishi haqida ham xabar berilgan edi.

Serxio Ramos "qaymoqranglilar" bilan besh marta Ispaniya chempioni bo'ldi, ikki marta mamlakat Kubogi va 4 marta Superkubogini yutdi, to'rt marta Chempionlar Ligasida g'olib bo'ldi, UEFA Superkubogining uch karra va klublar o'rtasidagi JCHning to'rt karra g'olibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Footmercato