Ramos Nike'ni Adidas'ga almashtirdi

Alisher
29 noya 2020
"Real" sardori Serxio Ramos endi Adidas ekipirovkasini faqatgina "Real"da kiymaydi.

Taniqli ispaniyalik futbolchi mashhur kompaniya bilan shaxsiy shartnoma imzoladi. 10 yillikdan so'ng Ramosning sentyabr oyida Nike bilan hamkorlikni to'xtatgani ma'lum bo'lgan edi.

Shundan so'ng turli xil brendlar futbolchi bilan shartnoma imzolashga urinishdi - Adidas, Under Armour, Puma va New Balance.

"Real"ning texniy homiysi hisoblanadigan Adidas kompaniyasi ushbu kurashda g'olib chiqdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca