Ramos Messini mehmonxonaga emas, oilasi bilan Ramoslar xonadoniga joylashishni taklif qildi

Aziz Tukhtamuradov
12 avg 2021, 09:05
Lionel Messi erkin agent sifatida PSJ bilan shartnoma tuzdi.

El Pais nashri ma'lumotiga ko'ra, parijliklar himoyachisi Serxio Ramos argentinalik futbolchi va uning oilasiga o'z uyida yashashni taklif qildi. 

"Agar sen va oilang mehmonxonada emas, uyda yashashni istasanglar, menikida qolishingiz mumkin", - degan Ramos Messiga. 

Eslatib o'tamiz, Ramos 2005-2021 yilda "Real", Messi esa 2005-2021 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan. Endi ular yangi mavsumdan boshlab PSJ safida to'p tepishadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: El Pais