Ramos haqida serial suratga olindi

30 iyun 2020, 22:27
Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramos instagramdagi sahifasi orqali o'zining faoliyati haqida serial suratga olinganini e'lon qildi:

"Sizga ushbu yangilik haqida aytishni orziqib kutgandim. O'sha kun keldi. "Serxio Ramos haqida afsona" tezorada "Amazon"da sotuvga chiqariladi. Umid qilamanki, bu sizga yoqadi".

Serial 6 qismdan iborat bo'lib, barcha qismlar "Amazon Prime Video" platformasi tomonidan suratga olingan. Kartinaning aynan qaysi kuni omma e'tiboriga havola qilinishi hozircha noma'lum. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca