Ramos: "Finalda "River Pleyt" bilan o'ynashni istagandik"

Aslanov Jasurbek
22 dek 2018
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Al-Ayn"ga qarshi bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionati final o'yini haqida fikr bildirdi.

Ushbu uchrashuv bugun, 22 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

"Futbolda iqtidor juda muhim, ammo jismoniy ko'rsatkichlar ham kerak. "River Pleyt" bilan sodir bo'lgan voqeani ko'rdik, shu sababli bor e'tiborni o'yinga qaratamiz. "Al-Ayn"da yaxshi futbolchilar yig'ilgan, biroq finalda "River Pleyt" bilan o'ynashni istagandik" - deydi Ramos.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca