Rami Di Mariyaga: “O'rgatasanmi?”

Eldor Akmurzayev
27 dek 2022
Avvalroq, Fransiya TJ sobiq himoyachisi Odil Rami Argentina chempionlikdan ko'ra, Kilian Mbappe ustidan qozonilgan g'alabani ko'proq nishonlayotgani haqida aytgandi.

Shuningdek, u Emiliano Martinesning Mbappega nisbatan qilgan trollingini qoralagan va bunga Anxel Di Mariya: “Martines – eng zo'r darvozabon. Boshqa erda yig'lay qol”, deya javob qaytargandi.

Rami storisiga Di Mariyaning yig'layotgan holatdagi rasmlar kollajini qo'yib: “Anxel, menga o'rgatasanmi?”, deya izoh qoldirdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/adilrami