Rakitich: "Xorvatiya terma jamoasining kuchi hali ko'p"

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2018, 10:10
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Angliyaga qarshi JCH-2018 yarim final uchrashuvidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Takrorlanmas, unutilmas kecha. Biz bu g'alabaga munosib edik, chunki juda ko'p ishladik. Angliya gol urganida, yanada kuchliroq ishlay boshladik. Shundan so'ng ajoyib bahs o'tkazdik.

Charchamadik, hali kuchimiz ko'p. Angliyadek jismonan kuchli jamoa ikkinchi bo'limning o'rtalarida yugura olmay qolishi biz uchun kutilmagan xol bo'ldi.

Final g'alaba uchun o'ynaladi. Fransiyani mag'lub etish uchun bor kuchimizni ishga solamiz" - deydi Rakitich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com