Rakitich: "Inter"ni hurmat qilaman, ammo hech qachon "Barselona"ni tark etish haqida o'ylamaganman"

Aslanov Jasurbek
22 may 2019, 18:14
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Inter"ga o'tishi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"OAV nega meni "Inter" bilan bog'layotganini bilmayman. Buni tushuntirib bera olmayman. Boshqa klublarni hurmat qilaman, "Inter" ham ajoyib jamoa, biroq hozir o'zim istagan joydaman. Agar menga qiziqish bildirishsa, demak, yaxshi o'ynayapman, ammo "Barselona"da baxtliman. Oilam ham bu yerda o'zini yaxshi his qilmoqda.

Matbuotda paydo bo'lgan ma'lumotga aloqam yo'q. Jurnalistlarning qiziqishini tushunaman. "Inter"ni hurmat qilaman, ammo hech qachon "Barselona"ni tark etish haqida o'ylamaganman" - deydi Rakitich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo