Rayola: "Pogba qishda "Yuventus"ni tark etmaydi"

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2015, 11:14
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba agenti Mino Rayolaning takidlashicha, uning mijozi qishki transfer oynasida Italiyani tark etmaydi.
"Pol shartnomasini uzaytirdi. Bu 5 yillik kelishuv va yozda nima bo'lishini, yozda bilib olamiz. Pogba qishki trasnfer oynasida hech qaerga kyetmaydi.

Men anchadan beri futboldaman, ammo kelajakni aytib bera olmayman. Bugungi kunda Pol eng qimmat futbolchi va uni transferga qo'ydigan bo'lsak, Pogbani faqat bir nechta klub xarid qila oladi halos.

"Manchester Yunayted" haqida gapiradigan bo'lsak, Pol klubdan xafa emas. Aksincha u jamoada yaxshi xotiralarni saqlab qolgan" -deydi Rayola.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com