

2014 yilgi mavsumning ikkinchi qismini oliy liga vakili “Buxoro” safida o'tkazgan Raimqulov o'tgan mavsum hech bir klubda ko'rinish bermagan edi. Bir yillik tanaffusdan keyin futbolchi katta futbolga qaytdi. Faqat bu qaytish oliy ligaga emas, balki birinchi ligaga bo'ldi. Sherzod Sharipov esa, o'tgan mavsumni “Sho'rtan” tarkibida o'tkazgandi. Himoyachi yangi mavsumga dastlab birinchi liga debyutanti “Norin” safida tayyorgarlik ko'rgandi.



