Rafinya Xaviga jahl qilib, jarohat orttirib olgani ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
26 fev 2023, 17:47
"Barselona" futbolchisi Rafinya Yevropa ligasi 1/16 finali doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi dastlabki o'yinda jarohat olgani ma'lum bo'ldi.

O'sha uchrashuvda braziliyalik futbolchi almashtirilganidan jaxli chiqib, zaxira o'rindig'i yonidagi suv qutisini tepgan va bu tizzasiga og'riq bergan. Shu sababli u LaLiga 22-turi doirasida "Kadis"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushmagan.

MYUga qarshi javob o'yinida Rafinya 75 daqiqa maydonda harakat qildi.

Ushbu mavsumda braziliyalik xavbek 21 o'yinda 4tadan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal