Rafael Benites Xitoy klubini atigi 18 oy boshqardi

Xayrulla Xoliqov
24 yanv 2021, 12:08
Ispaniyalik murabbiyga klub rahbariyati chiqish eshiklarini ko'rsatdi.

Rafael Benites shu paytgacha Xitoy Superligasi vakili "Dalyan Professional" jamoasida bosh murabbiy vazifasini bajarib kelayotgandi. Biroq 18 oylik faoliyatdan so'ng 60 yoshli murabbiy iste'foga chiqarildi.

Ispaniyalik mutaxassis o'zining internet sahifasida COVID-19 uning ishlariga ko'p xalaqit qilgani, shu bois klubdan ketayotganini yozgan. "Dalyan" klubi o'tgan mavsumni 12-o'rinda tugatdi. Albatta, bu ko'rsatkich ham klub rahbariyatiga yoqmagan bo'lishi tabiiy.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com