
“Bizlar yana bir hujumchi qidirayapmiz, chunki bizlarga 3 frontda kurash olib borishga to'g'ri keladi. Biz barcha musobaqalarda yaxshi natijalarni qo'lga kiritishni rejalashtirganmiz, lekin bu oson bo'lmaydi albatta. Shuning uchun hujum chizig'ida yana bir o'yinchimiz bo'lsa, hech ham xalaqit qilmas edi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, ushbu yoz mavsumida “Napoli” “PSJ”ga Edison Kavanini sotib yubordi va o'z tarkibini “Real” hujumchisi Xose Kalexon va Gonsalo Iguainlar bilan to'ldirdi.
Neapolliklar yana bir yangi hujumchi sotib olishlari mumkin va bular “Portu” klubi hujumchisi Jekson Martines yoki “Barselona” hujumchisi Aleksis Sanches bo'lishi mumkin.