Rabo yana bir jamoaga rad javobini berdi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2019, 23:55
"Liverpul" PSJ yarim himoyachisi Adrien Raboning xizmatlariga qiziqish bildirgandi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, 23 yoshli xavbek "Enfild"ga borishni istamagan va taklifga rad javobini bergan.

Bu mavsumda Rabo PSJ tarkibida 20 o'yinda 2 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi. Yozda u erkin agentga aylanadi.

Hozirda "Barselona" fransiyalikka jiddiy tarzda da'vogarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport