Rabo "Nyukasl"ga o'tishni rad etdi. Futbolchi Chempionlar Ligasida o'ynamoqchi

Alisher
23 iyun 2022, 12:17
"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo Turin klubidan ketmoqchi.

Ammo, u "Nyukasl"ga o'tish variantini rad etdi. 27 yoshli francuz Chempionlar Ligasida o'ynaydigan klub libosini kiymoqchi.

Yiliga 7 million evro maosh oladigan xavbekning shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

Rabo 2021/22 yilgi mavsum "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport