Quvondiq Ro'ziev: "Navbahor" muxlislari oldidagi qarzimni uzishga harakat qilaman"

Sherzod Nurmatov
23 dek 2025, 13:30
"Navbahor" qishki transferlar oynasida tarkibiga Quvondiq Ro'zievni qo'shib oldi.

Futbolchi kechagi mashg'ulotlardan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi. 

"O'tgan mavsum har tomonlama qiyin bo'ldi deya olaman. Vodiyda chempion bo'lish ikki karra qiyinroq. Bosim juda yuqori. "Neftchi" tark etishimga kelsak, "Navbahor"dan taklif tushishi bilan ikkilanmasdan qabul qildim. Timur aka bilan birga to'p tepganman. Qo'qonda oz muddat birga ishlaganman", – deydi Quvondiq Ro'ziev. 

- "Navbahor" jamoasi sizga tanish. Bu yerda bir muddat o'ynagansiz, muhit begona emas. Bu omil sizga qo'shimcha ustunlik beradimi? 

- "Navbahor" jamoasiga birinchi transferim omadsiz bo'lgan. Futbolda mayda detallar yo'q. Bu bahona emas, lekin jarohatim bilan kelganman. Jarrohlik amaliyoti kechikib boravergani sari jarohatim og'irlashib boravergan. Shu bois o'zimni yuz foiz ko'rsata olmaganman. Muxlislar oldidagi qarzimni keyingi yilgi o'yinlarim bilan uzishga harakat qilaman. 

- Murabbiy faktorini aytdingiz. 2026 yilgi mavsumdan nima kutyapsiz? 

- Futbolchi necha yoshdan bo'lsa ham o'sishni istaydi. Timur Kapadze juda iqtidorli murabbiy. Ulardan o'rganadigan narsalarim juda ko'p. Bu jamoaga kelishimda murabbiy faktori katta rol o'ynadi.


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia