Azizbek Amanov ham terma jamoaga chaqirildi

Xayrulla Xoliqov
1 okt 2021, 22:09
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Iordaniyada yig'in tashkil etadi.

Bugun bo'lib o'tgan Superliga 21-tur "Metallurg" - "Lokomotiv" bahsining oxirida gol urib, "temiryo'lchilar"ga muhim g'alabani taqdim etgan Azizbek Amanov ham milliy terma jamoamizga taklif etildi. 

Azizbek Amanov terma jamoamizning dastlabki ro'yxatida yo'q edi, biroq keyinchalik O'FA klubga rasmiy xat bilan murojaat qilib, ushbu futbolchi ham mamlakatimiz bosh jamoasiga chaqirilganini ma'lum qildi. 

Endilikda "Lokomotiv"dan ikki nafar futbolchi - Islom Qobilov va Azizbek Amanov O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inida ishtirok etadi. 

Eslatib o'tamiz, milliy jamoa Iordaniyadagi yig'in doirasida 9 oktyabr Malayziya va 12 oktyabr kuni Iordaniya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz