

Xorvatiyalik mutaxassis Romeo Jozak milliy terma jamoaning bosh murabbiyi sifatida Quvayt futbol assotsiatsiyasi bilan shartnoma tuzdi. Ushbu murabbiy bir paytning o'zida ham milliy, ham olimpiya termasini boshqaradi.
Quvayt FA rahbari Shayx Ahmad Yusef Al Sabah xorvatiyalik murabbiy bilan 2 yilga shartnoma tuzilganini ma'lum qildi. Romeo Jozak bungacha Varshavaning "Legiya" klubida ishlab kelayotgandi. U shuningdek, UEFAning rivojlanish va texnik qo'mitasi a'zosi hisoblanadi.



