O'yindagi yagona golni Eron milliy terma jamoasi a'zosi Javod Nekunam 63-daqiqada kiritdi. Endi 8 fevral kuni Toshkentda “Lokomotiv” shu jamoaga qarshi bahs olib boradi.
Bahs yakuniga etgach, quvaytliklar bosh murabbiyi Ion Marin (ruminiyalik murabbiy) quyidagi fikrlarni bildirdi:
“O'yin juda og'ir bo'ldi. Chunki kim mag'lubiyatga uchrasa, musobaqa bilan xayrlashishi oldindan ma'lum edi. Shu bois har ikkala jamoa ham ehtiyotkorlik bilan harakat qildi. Biz ayniqsa yarim himoyada yaxshi o'yin ko'rsatdik, shuning uchun golga tortadigan ko'plab vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Eng muhimi, kichik hisobda g'alaba qozonib bo'lsa ham keyingi bosqichga yo'l oldik”.