Qozog'iston. Salomovdan chiroyli gol, Geynrix jamoasida g'alaba VIDEO

Narzulla Saydullayev
12 apr 2017, 17:12
Bugun Qozog'iston premer-ligasida 7-tur bahslari bo'lib o'tdi.

Aleksandr Geynrix to'p tepayotgan "Ordabasi" klubi o'z uyida "Qaysar"ni qabul qilib 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda Geynrix 84-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Qozog'iston premer-ligasi
ORDABASI - QAYSAR - 1:0
Gol:
Marcvaladze 52.

Shavkat Salomov o'ynayotgan "Atirau" klubi esa o'z uyida "Shaxtyor" bilan 3:3 hisobida durang o'ynadi. Bahsning 28-daqiqasida Salomov chiroyli gol urishga erishdi. Quyida ushbu golni tomosha qilish mumkin. Hamyurtimiz 74-daqiqada almashtirildi.

ATIRAU - SHAXTYOR - 3:3 (1:2)
Gollar:
Tajimbetov, 11 (0:1). Shavkat Salomov, 28 (1:1). Xayrullin, 30 (1:2). Obshhivac , 78 (2:2). Obshhivac , 82 (3:2). Omirtaev, 90+1 (3:3).


Shavkat Salomovning "Shaxtyor"ga urgan goli

TAS-IX 




TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia