Qozog'iston. 13-tur. "Aktobe", "Irtish" va "Shaxtyor"dan bir xil g'alaba

Narzulla Saydullayev
25 may 2014, 11:07
Kecha Qozog'iston Premer-Ligasida 13-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
E'tiboringizni hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlarga qaratamiz.

"Aktobe" safarda "Spartak" mehmoni bo'lib g'alaba qozondi - 1:0. Mehmonlar safida Kapadze to'liq o'ynadi. Geynrix esa 60-daqiqada almashtirildi. "Aktobe" 32 ochko bilan musobaqa jadvalining 1-pog'onasida bormoqda. Klubning eng yaqin taqibchisi bo'lgan "Qaysar" hisobida 24 ochko bor.

"Shaxtyor" Qarag'andada "Taraz"ni qabul qilib hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada gol urib g'alabani ilib ketdi - 1:0. Uchrashuvda Shavkat Salomov 56, Kamoliddin Murzoev 57 daqiqa harakat qildi. Viktor Kumikov boshchiligidagi jamoa 23 ochko bilan 3-o'ringa chiqib oldi.

"Irtish" safarda "Atirau"ga qarshi maydonga tushib 1:0 hisobida zafar quchdi. Mehnonlar tarkibida Ulug'bek Baqoev 65 daqiqa harakat qildi va ogohlantirish ishlab oldi. 17 ochko jamg'argan "Irtish" musobaqa jadvalining 7-o'rinidan joy olgan.


Qozog'iston chempionati. 13-tur
24 may (shanba)

SPARTAK - AKTOBE - 0:1
Gol
: Piccelli, 68 (0:1).

SHAXTYOR - TARAZ - 1:0
Gol:
Topchagich, 90+2 (1:0).

ATIRAU - IRTISH - 0:1
Gol:
Dudchenko, 35 (0:1).

JETISU - TOBOL - 1:2
Gollar
: Shimkovich, 36 (0:1). Bugaev, 52 (0:2). Demel, 63 (1:2).

ORDABASI - QAYRAT - 1:0
Gol:
Bakaev, 86 - o'z darvozasiga (1:0).

QAYSAR - ASTANA - 1:0
Gol
: Dmitrenko, 7 - o'z darvozasiga (1:0).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia