“Sog'lom bola yili”ga bag'ishlab uyushtirilgan mazkur musobaqaning dastlabki bosqichida 12 ta jamoa to'rt guruhda ishtirok qildi.
So'ngra, guruhlarda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar olimpiya tizimida bahslarni davom ettirishdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan uchrashuvda “Bayterak-1” (Nukus shahri) va “Taxiatosh-2”(Taxiatosh shahri) jamoalari o'zaro kuch sinashishdi. Bu o'yinda nukuslik yosh futbolchilar 4:1 hisobida g'alaba qozonib, 3-o'rinni egallashdi. Hal qiluvchi o'yinda “Jayhun”(2-son BO'SM, Nukus shahri) va 2-son BO'SM terma jamoasi (Nukus shahri) ro'para kelishdi. Bu uchrashuvda terma jamoa a'zolarining qo'li balan keldi, 2:0. Natijada, ular turnir g'olibi bo'lishdi. “Jayhun” jamoasi shohsupaning ikkinchi qatoridan joy oldi.
- Musobaqamiz yuqori saviyada o'tdi, - deydi Qoraqalpog'iston Respublikasi futbol federatsiyasining birinchi vice prezidenti Vladimir Nazarov. – O'yinlarni federatsiyamiz tomonidan tasdiqlangan malakali hakamlarimiz boshqarib borishdi. Turnirning tashkil etishdan asosiy maqsad, maktab o'quvchilarining yozgi tatilini qiziqarli uyushtirishga qaratilgandi. Ishonchimiz komilki, ko'zlagan niyatimiz amalga oshdi.
Ikrom XUDOYBERGANOV.