Qoraqalpog'istonda futzal murabbiylari uchun Level 1 xalqaro o'quv-kurslari o'tkaziladi

3 mar 2017, 15:49
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi hamda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamkorligida shu yilning 10–15 mart kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasida futzal murabbiylari uchun OFKning Level 1 o'quv-kurslari o'tkaziladi.

Nazariy va amaliy mashg'ulotlardan iborat o'quv-kurslar Nukus shahridagi Olimpiya zaxiralari kollejida bo'lib o'tadi. Murabbiylik kurslarini OFK instruktori Avaz Maksumov olib boradi. Unga Level 2 licenziyasiga ega bo'lgan Jalimov Ontar va Xromov Konstantin assistentlik qiladi.

Ma'lumot uchun, Level 1 licenziyasini qo'lga kiritgan murabbiylar keyinchalik Level 2 va Level 3 darajalari uchun o'qishni davom ettirish huquqiga ega bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Manba: the-uff.com