

Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan, "Bunyodkor" va "Obod" stadionlarida o'tkazilmoqda.
Mashg'ulotlarda murabbiylar futbolchilar bilan yangi taktik ishlanmalar hamda o'yin paytida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan standart holatlar ustida ish olib borishmoqda.
Barcha futbolchi va murabbiylarning kayfiyatlari a'lo darajada. Jamoa shifokorlari barcha futbolchilarni mavsumga sog'-salomat holatda yetib kelishlari uchun kechayu kunduz tinim bilmay mehnat qilishmoqda.







