“Qo'qon-1912” yangi mavsumda qaysi kompaniya liboslarida maydonga tushishi ma'lum

Narzulla Saydullayev
17 fev 2021, 21:08
“Qo'qon-1912” futbol klubi so'nggi yillarda “adidas” kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelayotgan edi.

“Shunqorlar” yangi mavsumda o'z imidjlarini o'zgartirishga qaror qilishdi. Klub rahbariyati Germaniyaning  dunyoga mashhur “JAKO”  kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi. Bu borada jamoaga  “JAKO”ning Markaziy Osiyo davlatlari bo'yicha rasmiy vakili Rasulbek Bekdurdiev o'zining amaliy yordamini berdilar. Bugun “Qo'qon-1912” jamoasi  “JAKO”  kompaniyasi tomonidan yangi mavsum uchun sport kiyimlari va sport anjomlarini qabul qilib oldi. Mahsulotlarni o'z vaqtida hamda sifatli tarzda etkazib berishgani uchun jamoa nomidan “JAKO”  kompaniyasi vakillariga o'z minnatdorchiligimizni izhor qilamiz. O'ylaymizki kompaniya bilan hamkorligimiz uzoq vaqt hamda samarali tarzda davom etadi", - deb yozadi "Qo'qon-1912" matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz