

Bugun Shuhrat aka 52 yoshni, Marufjon esa 24 yoshni qarshi olishmoqda.
Shu munosabat bilan “Qo'qon-1912” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, klub va “Markaziy” stadion xodimlari hamda muxlislar nomidan ularni chin yurakdan tabriklaymiz.
Ularga sihat-salomatlik keyingi ishlarida omad tilab qolamiz.
Tan olish kerak, Qo'qon futbolida Shuhrat Mo'minovning o'z o'rni bor. Mana bir necha yildirki, Shuhrat aka Qo'qon futbolining rivoji yo'lida tinimsiz mehnat qilib kelishmoqda.




