"Qo'qon-1912": So'nggi daqiqa, penalti va navbatdagi g'alaba (fotomaqola)

Narzulla Saydullayev
24 apr 2016, 08:01
Kecha Muhiddin Abduvaliev boshchiligidagi o'rinbosarlarimiz mavsumdagi uchinchi g'alabaga erishdilar.
Vakillarimiz Yoshlar ligasi autsayderiga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida penaltidan kiritgan gol evaziga navbatdagi uch ochko egasiga aylanishdi.

Quyida mazkur uchrashuvga bag'ishlangan fotomaqola bilan tanishing:

photo_2016-04-24_02-55-14

Jarohat sabab ma'lum muddat safdan chiqqan mahoratli darvozabon Ruslan Matniyazov mavsumdagi birinchi uchrashuvini a'lo darajada o'tkaza oldi. Bu esa jamoamizda darvozabonlar o'rtasidagi raqobatning yanada oshishiga sabab bo'lsa ajab emas.

photo_2016-04-24_02-55-47

Hakamlar va futbolchilar maydonga kirib kelishmoqda.

photo_2016-04-24_02-56-01

Uchrashuv oldidan vakillarimiz esdalik uchun suratga tushishdi.

photo_2016-04-24_02-55-56

Ikki jamoa sardorlari – Artyom Makosin (22) va Maruf Zokirjonov (15) o'yinni kim boshlab berish borasasida oydinlik kiritishmoqda. Bu borada omad bizning vakilimizga kulib boqdi.

DSC_7952 kopiya

Tinib-tinchimas Doston Meliqo'ziev bu safar ham o'yinni yuqori saviyada o'tkazdi.

DSC_7968 kopiya

Artyom Makosin ko'p bor jamoasi joniga oro kirdi.

DSC_7950 kopiya

Abror Rahmonovning navbatdagi reydi. U bir necha bor xavfli vaziyatlarni yaratishga muvaffaq bo'ldi.

photo_2016-04-24_02-56-47

Yagona gol muallifi – Avazxon Mamatxo'jaev to'pga egalik qilishga intilmoqda.

photo_2016-04-24_02-57-03

Maydon markazidagi kurash.

photo_2016-04-24_02-57-11

Ibrohim G'ofurovning boshi bilan bergan ajoyib zarbasi biroz noaniq ko'rinish oldi.

photo_2016-04-24_02-57-17

Mezbonlar vakiliga sariq kartochka ko'rsatilmoqda. Viktor Grigorev hakamlar bilan tortishgani uchun ogohlantirildi.

photo_2016-04-24_02-57-24

Abror Rahmonov ikki raqib qurshovida. Farg'ona futboli tarbiyalanuvichi Nodirxon Kamolov (45) navoiyliklar safida harakat qildi.

photo_2016-04-24_02-56-58

So'nggi daqiqalar o'tib borayotgan paytda mehmonlar o'yinchisi o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'l bilan o'ynadi. Bu esa penalti belgilashga sabab bo'ldi. To'pning oldida Avazxon Mamatxo'jaev…

photo_2016-04-24_02-57-32

Zarbaaa…

photo_2016-04-24_02-56-25

… va gol. Uchrashuvda hisob ochildi.

photo_2016-04-24_02-56-20

Gol muallifini jamoadoshlari qutlashga shoshilishmoqda.

photo_2016-04-24_02-56-52

Ko'plab futbol yulduzlari mana shunday yo'lni bosib o'tishgan. Futbolga bo'lgan mehr mana shunday pallalarda vujudga keladi. Yillar o'tib bu bolakaylardan etuk o'yinchilar yetishib chiqsa ajab emas.

photo_2016-04-24_02-57-36

Uchrashuv yakunida tabloda aks etgan hisob qo'qonlik muxlislarga manzur bo'lgani aniq. Umid qilamizki, bugun ham ishqibozlarimiz uylariga xursand holda qaytib ketishadi. Asosiy tarkib vakillariga ham omad tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz