"Qo'qon-1912": O'rinbosarlarimiz derbida durang o'ynashdi

Narzulla Saydullayev
23 fev 2018, 18:11
Boshlanajak mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” o'rinbosarlari bugun Farg'onada “Neftchi” yoshlariga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.

Kichik derbi shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tib, o'yinda jangovar durang 3:3 hisobi qayd etildi. "Qo'qon-1912"dan gollarni Ibrohim G'ofurov (2ta) va Doston Meliqo'zievlar kirtishdi.

“Neftchi” safida asosiy tarkibning bir qator o'yinchilar maydonga tushishganini aytib o'tish joiz.

O'tgan yili Yoshlar ligasida bronza medalini qo'lga kiritgan "Qo'qon-1912" o'rinbosarlari bu yil ham muxlislarni xursand qilishni maqsad qilishgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz