

FIFA kunlari yakuniga etgach, chempionatimiz bahslari yana davom ettiriladi. Milliy birinchiligiimiz finishi arafasiga kelgan bo'lsa-da, hali chempionlik masalasi hal bo'lgani yo'q. Shuningdek, elitani tark etadigan klublar ham ma'lum emas. Sovrinli o'rinlar va kuchlilar safida qolish uchun kurashlar davom etmoqda.
“Qo'qon-1912” jamoasi so'nggi ikki turni kim bilan o'tkazishini yana bir bor yodingizga solib o'tamiz.
29-turda futbolchilarimiz G'uzorda “Sho'rtan” mehmoni bo'lishadi. Ushbu uchrashuv 18 noyabr kuniga belgilangan. Chempionatdagi oxirgi o'yinni jamoamiz 22-noyabr kuni o'z maydonida “Olmaliq”qa qarshi o'tkazadi.
Mazkur bellashuvlarda vakillarimizga omad tilab qolamiz.



