"Qo'qon-1912": “Nasaf”ga qarshi tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
23 avg 2016, 07:38
26 avgust kuni "Qo'qon-1912" Qo'qonda “Nasaf” jamoasini qabul qiladi.

Mazkur uchrashuvga bo'lgan qiziqish juda yuqori. “Buxoro”ga qarshi bahsdan keyin qisqa tatilga chiqqan futbolchilarimiz kechadan “Ajdarlar” bilan bo'ladigan uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Mashg'ulotlar ikki mahaldan o'tkazilmoqda. Ertalabki mashg'ulot trenajyor zalida, tushdan keyingisi futbol maydonida bo'lib o'tmoqda. Jalil Kimsanov alohida shug'ullanmoqda.  Ruslan Matniyazov esa mashg'ulotlar chog'ida barmog'ini sindirib oldi.

Kecha raqibimiz O'zbekiston kubogi yarim final doirasida “Buxoro”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz