"Qo'qon-1912": Muxlislar klubi yig'ilishi bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
24 fev 2017, 15:30
“Qo'qon-1912” jamoasi muxlislar klubi a'zolari yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rishmoqda.

Bu yil Qo'qonda haqiqiy futbol bayrami bo'lib o'tadi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Boisi, No'mon Hasanov boshchiligidagi murabbiylar shtabi olib borgan selekciya ishlari natijasida tarkibimizga bir qator tajribali futbolchilar kelib qo'shilishdi. Bu esa yangi mavsum oldidan muxlislarimizga o'ziga xos ishonch o'yg'otgani rost.

Shunga monand tarzda Ilhomjon Qunduzov yetakchilik qilayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi muxlislar klubi a'zolari ham yangi mavsumni yuqori kayfiyatda kutib olish ishlarni boshlab yuborishdi.

26 fevral yakshanba kuni soat 11:00 da Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohida “Qo'qon-1912” jamoasi muxlislar klubi a'zolarining maxsus yig'ilishi o'tkaziladi.

Jamoamizning ashaddiy ishqibozlarini ushbu yig'ilishga taklif etib qolamiz.

Muxlislar klubiga a'zo bo'lishni istagan muxlislar o'zlari bilan pasport yoki tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi va 3x4 hajmdagi ikki dona fotosurat olib kelishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz