

Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng "Qo'qon-1912" muxlislar klubi yetakchisi Ilhom Qunduzovning taassurotlari bilan qiziqdik.
"Avvalambor ushbu mukofot nafaqat muxlislar klubimiz, balki, butun bir Qo'qon futboli ishqibozlariniki deb bemalol ayta olaman. Kichik xizmatimizga shunday e'tibor qaratishgani uchun O'zbekiston futbol federatsiyasiga katta minnatdorchilik bildiramiz.
Bunday bo'lishini kutmagandim. Hayajondaman.
Nasib qilsa, 2018 yilda bundanda chiroyli muxlislik qilib, jamoamiz muvaffaqiyatiga hissa qo'shmoqchimiz", - dedi muxlislar klubi yetakchisi Ilhom Qunduzov.




