

Klub rasmiy sayti ushbu xabarni tasdiqladi.
Muxlislarimiz uchun muhim yangilik. Barchangizga ma'lumki jamoamiz so'nggi tur oldidan bosh murabbiysiz qolgan edi. Jamoa rahbariyati jamoaga yangi bosh murabbiy tayinladi. Bugundan boshlab “Qo'qon-1912” jamoasini Murodjon Ismoilov boshqaradigan bo'ldi. Biz yangi bosh murabbiy haqida saytimiz orqali sizlarga batafsil ma'lumot beramiz. Hozircha esa yangi tayinlangan murabbiyga omad tilaymiz. Kelgusi yilda Ismoilov boshchiligidagi jamoamiz, siz aziz muxlislarni chiroyli o'yin va g'alabalari bilan xursand qilishadi deb umid qilamiz.



