"Qo'qon-1912" mashg'ulotlarni davom ettirmoqda, jamoaning nazorat o'yinlaridagi raqiblari ham ma'lum

Tolibjon Qosimov
13 iyul 2019, 12:50
Xabaringiz bor "Qo'qon-1912" jamoasi a'zolari Superliganing ikkinchi davra o'yinlariga tayyorgarlikni Chirchiq shahrida olib borishmoqda.

Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilyapti. Aziz To'xtaboev boshchiligidagi murabbiylar shtabi futbolchilardan mashg'ulotlarda astoydil ishlashni talab qilishmoqda. Murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatlarini yaxshilashga ham alohida urg'u berishgan.

Chirchiq yig'ini doirasida "shunqorlar" bir nechta nazorat o'yinlarida ishtirok etishlari haqida xabar bergan edik. Bugungi kunga kelib sparring raqiblarning nomlari ma'lum bo'ldi. Rejaga ko'ra quyidagi sanalarda jamoa nazorat o'yinlarida maydonga tushadi.

16.07.2019. "Qo'qon-1912" – "Oqtepa"

17.07.2019. "Qo'qon-1912" – "Xo'jand" (Tojikiston)

18.07.2019. "Qo'qon-1912" - "Sho'rtan"

Barcha uchrashuvlar Chirchiq shahrida bo'lib o'tadi.

Bundan tashqari, yana nazorat o'yinlari o'tkazish borasida Superliga klublari bilan ham muzokaralar olib borilmoqda.

"Qo'qon-1912" jamoasining matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali barcha o'yinlardan onlayn translyatsiyalarni olib boradi.

Quyida qo'qonliklarning kechagi mashg'ulotlaridan suratlarni e'tiboringizga havola etamiz.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: kokand1912.uz