"Qo'qon-1912": Legionerlar keldi, ertaga o'yin

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2017, 10:35
Avval xabar berib o'tganimizdek, kecha "Qo'qon-1912"ning serbiyalik legionerlari – Nikola Valentich va Darko Gojkovichlar klub ixtiyoriga yetib kelishdi.

Jamoa a'zolari tayyorgarlikni bir meyorda davom ettirishmoqda. No'mon Hasanov boshchiligidagi murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy va funkcionlar holatni yaxshilash yo'lida tinimsiz izlanishmoqda. Shuningdek, selekciya ishlari ham bir maromda davom etmoqda.

Ertaga futbolchilar ikkinchi yig'in doirasidagi navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushishadi. "Qo'qon-1912"ga Namanganning “Navbahor” klubi raqiblik qiladi.

Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi. O'yin qaysi maydonda bo'lishi haqida qo'shimcha xabar beramiz. Ob-havoga qarab tabiiy yoki suniy maydonda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz