Qo'qon-1912 jamoasi legioneri bilan kelishuvni bir yilga uzaytirdi

Khoja
9 noya 2024, 09:07
Qo'qon-1912 jamoasi Shota Gvazava bilan kelishuvni bir yilga uzaytirdi.

Jamoamizga yozda kelib qo'shilgan gruziyalik yarim himoyachi Shota Gvazava Qo'qon-1912 jamoasining asosiy futbolchisiga aylanib oldi.

Ikkinchi davradagi ishonchli o'yinlari orqali muxlislar e'tiboriga tushgan futbolchi bilan jamoamiz kelishuvni yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi va endilikda yarim himoyachi kelasi mavsum ham Qo'qon-1912 libosida harakat qiladi, - deyilgan qo'qonliklar matbuot xizmati tomonidan berilgan xabarda.

Shota joriy mavsum Qo'qon-1912 safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o'z hisobiga 1 tadan gol va assist yozib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia