"Qo'qon-1912": Bugun so'nggi tayyorgarlik boshlanadi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2016, 08:28
Jamoamiz bugun Qo'qonda yig'ilib, so'nggi tayyorgarlikni boshlaydi. Tushdan keyin dastlabki mashg'ulotlar bo'lib o'tadi.

“Obod” bilan o'yingacha vodiy klublarining biri bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish reja qilingan. Hozir bu borada raqib jamoalar bilan  muzokaralar olib borilmoqda. Raqib jamoa nomi aniq bo'lgach, siz aziz muxlislarga xabar beramiz.

Eslatib o'tamiz, Oliy liga bahslari boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. “Qo'qon-1912” 1-turni 5 mart kuni Oliy liga debyutanti “Obod”ga qarshi o'tkazadi. O'yin Qo'qon “Markaziy” o'yingohida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz