"Qo'qon-1912": Andijonga qarshi tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
10 avg 2016, 07:29
"Qo'qon-1912" jamoasi uchun muhim palla boshlandi.

18-turda vakillarimiz mehmonda “Andijon”ga qarshi maydonga tushishadi. Kechadan ushbu o'yinga tayyorgarlik boshlandi. Kechagi mashg'ulotlarda “Paxtakor”ga qarshi o'yin maydonga tushmagan  va zaxiradan maydonga tushganlar ishtirok etishdi. Mashg'ulotni Sergey Kovshov va  darvozabonlar murabbiyi Anvar Jabborov olib borishdi.

Asosiy tarkibda maydonga tushganlar basseyn va saunada tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazishdi. Bugungi mashg'ulotlar esa  ikki mahal o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz