"Qo'qon-1912" 9 yanvar kuni "Neftchi" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2014, 20:00
Qo'qonliklar ham tayyorgarlikk zo'r berishgan.
Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazilmoqda. Tarkibda asosan o'tgan yilgi futbolchilar ishtirok etmoqda. Shuningdek Jalil Kimsanov va Nodir Ashurmatov ham yig'inga kelib qo'shilgan.

Aytishlaricha jamoa 9 yanvar (payshanba) kuni "Neftchi" bilan sinov-nazorat bahsida maydonga tushadi. Mazkur o'yin Farg'onada o'tishi rejalashtirilmoqda.

Shundan keyin "Qo'qon-1912"ning yig'ini poytaxtga ko'chadi. U yerda bir qator yangi futbolchilar jamoa mashg'ulotlariga kelib qo'shiladi.

Shuningdek 2-7 fevral kunlari o'tkazilishi rejalashtirilayotgan annaviy turnir Farg'ona viloyati hokimi Kubogi musobaqasida ham Tohir Kapadze jamoasi ishtirok etadigan bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia