Qizlar maydonga tushgan o'yinda "Qo'qon-1912" va "Navbahor" o'zaro durang o'ynashdi

Narzulla Saydullayev
22 yanv 2018, 14:48
Mavsumga tayyorgarlikni qizg'in tarzda olib borayotgan "Qo'qon-1912" ayollar jamoasi bugun navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Futbolchilar Namangan shahrida mahalliy "Navbahor" qizlariga qarshi maydonga chiqishdi.

Qizg'in va "derbi"ga xos tarzda o'tgan bellashuv gollarga boy bo'ldi.

"Navbahor" qizlarining kiritgan uchta goliga, "Qo'qon-1912" qizlari ham uchta gol bilan javob berishdi. Gollarning ikkitasiga Gulirano Hasanova mualliflik qilgan bo'lsa, bitta gol Shohsanam Orifjonova hisobiga yozildi. Shunday qilib ayollapr o'rtasidagi "vodiy derbisi" 3:3 hisobi qayd etildi.

"Navbahor" (ayollar) - "Qo'qon-1912" (ayollar)  3:3


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz