Qiziqarli ma'lumot: Hakam ortidan quvgan muxlislar

Aslanov Jasurbek
30 dek 2017, 14:36
"Qiziqarli ma'lumot" rukni orqali sizga futbol olamida ro'y bergan juda ajoyib va g'alati voqealarni taqdim etamiz.

Bu voqea o'tgan asrning 60-yillarida sodir bo'lgan. Braziliyaning Portu-Alegri shahrida bo'layotgan uchrashuv paytida hissiyotga berilgan muxlislar maydonga tushib ketishdi va hakam ortidan yugura boshlashdi. Ishqibozlarni ko'rib, qo'rqib ketgan referi kiyinish xonasi tomon qochdi. Muxlislar esa eshik qulfligiga qaramay, uni buzib kirishdi. Hakam burchakka tiqilib oldi. Biroq, ma'lum bo'lishicha, muxlislar uchrashuvda ajoyib ishlagan hakamga minnatdorchilik bildirmoqchi bo'lgan ekan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia